"Barselona" hujumchisi "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboramidi?
“Barselona” futbolchisi Rafinya sog‘ligi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq xabar qilinganikdek, braziliyalik hujumchining o‘ng sonida mushak zo‘riqishi aniqlandi. Shu sababli u Ispaniya kubogi chorak finalida "Albasete" va La Liga doirasida "Malyorka"ga qarshi (3:0) o‘yinlarda ishtirok etmadi.
“O‘zimni yaxshiroq his qilyapman, asta-sekin harakat qilyapmiz. Payshanba kuniga tayyor bo‘lamanmi, ko‘ramiz. Variantlar bor, lekin hammamiz bilamiz, jarohatlar qanchalik tez sodir bo‘lishi mumkin. Jamoani sog‘indim.”
Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar payshanba kuni Ispaniya kubogi yarim finalida "Atletiko" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar