"Barselona" hujumchisi jamoada qolishga tayyorligini aytdi
"Barselona" hujumchisi Levandovski klubda qolishiga tayyor ekanligi aytdi.
"Diario Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, polshalik hujumchi "Barselona" rahbariyatiga keyingi mavsum ham jamoa safida harakat qilishgayam tayyorligini bildirgan. Buning uchun futbolchi maoshining pasayishiga ham ro‘zi bo‘lgan. Bundan tashqari, Robert keyingi mavsum kamroq uchrashuvda maydonga tushishga ham tayyor. Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya klubi rahbariyati yanvardan oldin biror qarorni qabul qilmoqchi emas. Forvardning "ko‘k-anoranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli futbolchi joriy mavsum Flik qo‘l ostida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar