“Barselona” Jahon chempionatidan keyin hujumchi sotib oladi
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares 2026 yildgi Jahon chempionatidan keyin "Barselona"ga o‘tadi. Argentinlik hujumchining ehtimoliy transfer summasi 70 mln yevro atrofida bo‘lishi mumkin. Bu haqida TyC Sports jurnalisti Xyugo Balassonning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi sovrinlar yutishi mumkin bo‘lgan jamoaga o‘tishni istamoqda.
Alvares 2024 yilning yozidan beri "Atletiko"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 100 mln yevroni tashkil etadi.
Fikrlar