
"Barselona" KO‘JChda ishtirok etmaydi. Klub musobaqa reglamentini hurmat qiladi
"Barselona" rahbariyati joriy mavsum Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan taqdirda ham 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanma so‘ramaslikka qaror qildi.
Kataloniya klubi turnirda ishtirok etish ortidan moliyaviy tomondan manfaatdor bo‘lsa ham musobaqa reglamentini hurmat qiladi va ularni o‘zgartirishni talab qilmaydi.
Qayd etilishicha, "Barselona" FIFA prezidenti Janni Infantino bilan yaxshi munosabatda. "Ko‘k-anorranglilar" KO‘JCh ishtirokchilari sport printsiplari asosida tanlanishini to‘g‘ri tushunadi.
"Barselona" yozda Osiyo bo‘ylab turnega chiqadi va ushbu safar davomida Janubiy Koreya va Yaponiya klublari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirgan. Klubga turne ortidan 25 million evro atrofida daromad kelishi kutilmoqda.
Bilasiz, Meksikaning "Leon" klubi turnirda ishtirok etuvchilar ro‘yxatidan chiqarilgandan so‘ng ushbu yo‘llanma uchun bir qator klublar nomzod sifatida ko‘rilayotgandi.
Fikrlar