
"Barselona" Koutinoni harid qilishga urinib ko‘radi
«Barselona» klubi «Liverpul» etakchisi Filippe Koutino transferi ustida ish olib bormoqda.
Keyingi haftada kataloniyaliklar vakili «qizillar» rahbariyati bilan uchrashadi va muzokara o‘tkazadi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Liverpul» futbolchisini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.
«Barselona» futbolchi uchun 80 mln evro va bonus shaklida yana 30 mln evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. «Liverpul» esa bu narxni oshirishni maqsad qilgan.
Ayni paytda, kataloniyaliklar ishni yozgacha cho‘zmasdan, yanvar oyidayoq Koutinoni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Chunki JCh-2018 musobaqasidan so‘ng, uning transfer narxi yana oshib ketishi mumkin.
Fikrlar