
"Barselona" Koutinoni oladigan bo‘ldi
"Barselona" rahbariyati braziliyalik hujumchisi Neymarning masalahatiga amal qilib, uning Braziliya terma jamoasidagi sherigi Felippe Koutinoni oladigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Kataloniya klubi rahbariyati Koutinoning agenti Juliano Bertoluchchi bilan yaxshi munosabatda va bu transfer vaqtida muhim ahamiyat kasb etadigan omil hisoblanadi.
Bundan tashqari, "Barselona" Koutinoni olsa, hozir o‘ynayotgan yarim himoyachilardan kamida bittasini transferga qo‘yadi.
Fikrlar