"Barselona" "Manchester Siti" yulduzi bilan kelishuvga erishdi
Huquqlari "Manchester Siti"ga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Ilkay Gyundogan "Barselona" bilan transfer borasida kelishib oldi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.
Yangi shartnoma taklifi uni qoniqtirmagani uchun germaniyalik xavbek amaldagi klubini tark etishga qaror qildi. “Shaharliklar” u bilan shartnomani atigi bir yilga uzaytirishga tayyor, “Barselona” esa uch yillik shartnoma taklif qilgan. Ilkay "ko‘k-anorranglilar" taklif qilgan shartlardan to‘liq qoniqdi.
Gyundogan joriy mavsumda premer-ligada 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar