"Barselona" Mark Bernal bo‘yicha qat’iy qaror qabul qildi
Ispaniyaning mashhur klubi «Barselona» 19 yoshli yarim himoyachi Mark Bernal bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Uning ma’lumoticha, yangi kelishuv 2031 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Bernalning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozida nihoyasiga yetar edi. Kataloniya klubi Angliya premyer-ligasi jamoalari, jumladan «Liverpul», tomonidan qiziqish kuchaygani ortidan tezkor tarzda shartnomani uzaytirishga qaror qilgani ta’kidlanmoqda.
Konurning yozishicha, yangi shartnomada futbolchi uchun 500 million yevro miqdorida to‘lov miqdori (mablag‘ evaziga kelishuvni yakka tomonlama bekor qilish imkoniy) belgilandi. Insayderga ko‘ra, shartnomani rasmiy uzaytirish marosimi shu hafta o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar