
"Barselona" Martines evaziga "Inter"ga 80 mln evro va 3 ta himoyachi taklif qildi
"Barselona" klubi hamon "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olish fikridan qaytmayapti.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anor ranglilar" argentinalik futbolchi evaziga 80 million evro + Nelson Semedu, Xunior Firpo va Jan-Kler Todibo kabi himoyachilarni qo‘shib berishga tayyor. Bunday taklif ham “neradzurrilar”ni qanoatlantirmayapti, ular 90 mln evrodan kam bo‘lgan mablag‘ni hatto ko‘rib ham chiqishmoqchi emas.
Lautaro esa “Barsa”ga o‘tmoqchi, ammo uning tovon puli 111 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar