“Barselona” Messiga xabar yubordi

  • 20 avgust, 2023, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi yangi jamoasi “Inter Mayami” safida ilk yutuq – Ligalar kubogini qo‘lga kiritdi. Argentinalik hujumchi bu musobaqada ettita uchrashuvda o‘nta gol urib, to‘purarlar poygasida g‘olib chiqdi.

Tecno

Shu tariqa, 36 yoshli futbolchi faoliyatidagi 44-sovriniga sazovor bo‘ldi hamda bu ko‘rsatkich bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi.

“Barselona” rahbariyati klub tarbiyalanuvchisining muvaffaqiyatlariga befarq emasligini ko‘rsatdi.

- Lionel Messi butun davrlarning eng sovrindor o‘yinchisiga aylangani bilan tabriklaymiz. 44 ta sovrin. Biz bu ajoyib tarixning bir bo‘lagi bo‘lganimizdan faxrlanamiz, - deb tabrik xabari yo‘lladi “Barselona” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!