"Barselona" muxlislari bu xabarni o‘qimasin! Jamoaning yana bir futbolchisi jarohat oldi

  • 07.07.2024 07:19
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Kopa Amerika"ning chorak finalidan o‘rin olgan Urugvay - Braziliya uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgan bir paytda Ronald Arauxo jarohat oldi. Futbolchi 33-daqiqada maydonni tark etdi. 

Oldinroq himoyachi Endrikni turtib ketgandi. Braziliyalik futbolchi esa bir necha daqiqadan keyin jarohat olgan Arauxoning holidan xabar olib qo‘ydi. Ronald esa ko‘z yoshlar bilan zaxira o‘rindig‘iga yo‘l oldi. Uning o‘rniga Xose Ximines maydonga tushdi. 

Image

Eslatib o‘tamiz, "Evro-2024"ning chorak finalidan o‘rin olgan Isaniya - Germaniya o‘yinida Pedri safdan chiqqandi. Yarim himoyachi uchun turnir o‘z yakuniga etdi. Ammo yangi mavsumgacha qaytishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!