"Barselona" muxlislari uchun ajoyib xushxabar!

  • 2 iyul, 2021, 21:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Ansu Fati uzoq muddatli davolanishlardan so‘ng yana safga qaytdi.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, shifokorlar 18 yoshli futbolchiga mashg‘ulotlarda ishtirok etishga ruxsat bergan. Shu tariqa Fatining yangi 2021/22 yilgi mavsum startida maydonga tushish ehtimoli oshdi.

Eslatib o‘tamiz, Fati 2020 yilning noyabrida chap tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi.

“Barselona” yangi mavsumning ilk uchrashuvini 15 avgust kuni o‘z maydonida “Real Sosedad”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!