"Barselona" muxlislari uchun xushxabar!
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yozda "Barselona"ga o‘tishi tobora oydinlashib bormoqda.
Taniqli jurnalist Nikola Shiraning xabar berishicha, 33 yoshli polshalik Kataloniya klubi bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan.
Endilikda, "ko‘k-anorranglilar" Myunxen jamoasi bilan muzokara olib borishi lozim.
Ma’lumot o‘rnida, Robertning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Joriy mavsumda 33 yoshli hujumchi Bundesliganing 34 ta o‘yinida maydonga tushib, 35 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar