"Barselona" Neymar uchun PSJga 170 mln evrodan ortiq pul to‘lamaydi

  • 4 iyul, 2019, 15:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va PSJ klublari hamon Neymarning transferi masalasida muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha kataloniyaliklar 27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun Frantsiya chempioniga 170 mln evrodan ortiq mablag‘ berishmoqchi emas.

Bundan tashqari “ko‘k-anor ranglilar” Neymarning transferiga Samyuel Umtiti, Ivan Rakitich, Filippe Koutino va Usmon Dembele kabi futbolchilaridan birini ham qo‘shib berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarni 2017 yil aynan “Barselona”dan 222 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!