"Barselona" Neymarga rad javobini berdi

  • 26.08.2024 15:09
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Neymar yozgi transferlar oynasida "Barselona"ga qaytishni xohladi.

"Diario Sport" nashri jurnalist Jerar Romeroga tayanib xabar berishicha, avgust oyida Neymar o‘z xizmatlarini "Barselona"ga taklif qilgan. Biroq kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumning chap qanotini kuchaytirish zarurligiga qaramay, braziliyalikka rad javobini berdi.

Qayd etilishicha, Niko Uilyamsning transferidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng "Barselona"ning chap qanot vingeri uchun asosiy tanlovi Federiko Keza bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!