"Barselona" Olmoning jarohati haqida bayonot berdi
"Barselona" matbuot xizmati La Liga 19-turidan o‘rin olgan "Atletiko"ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng jamoa yarim himoyachisi Daniel Olmo jarohat olganini ma’lum qildi.
"Asosiy tarkib futbolchisi Daniel Olmo seshanba kuni "Atletiko"ga qarshi o‘yinda chap elkasi chiqib ketdi. Tekshiruvdan so‘ng, konservativ davolash haqida qaror qabul qilindi. Tiklanish muddati bir oy atrofida bo‘ladi", - deyiladi "Barselona" rasmiy saytidagi matbuot xizmati xabarida.
Futbolchi 2 dekabr, seshanba kuni "Atletiko"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi. Olmo 65-daqiqada darvozabon Yan Oblakning yonidan to‘pni o‘tkazib yuborib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi, biroq u noqulay yiqilib jarohat oldi.
Fikrlar