
"Barselona" o‘rtoqlik uchrashuvida "Vissel Kobe"ni mag‘lub etdi
Mavsumoldi tayyorgarlik doirasida "Barselona" Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Hans-Diter Flik jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Ko‘k-anorranglilar" safida gollarga Erik Garsiya, Runi Bardji va Pedro Fernandes mualliflik qildi.
"Barselona" safida hujumchi Markus Reshford norasmiy debyutini o‘tkazdi.
Fikrlar