"Barselona" Pedri qanchaqa safdan chiqqanini ma'lum qildi

  • 22.01.2026 18:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning "Barselona" klubi X ijtimoiy tarmoğida yarim himoyachi Pedrining Chempionlar ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan Chexiyaning "Slaviya" jamoasi bilan o‘yinda (4:2) olgan jarohati haqida ma’lum qildi. Pedri 61-daqiqada golli uzatmani amalga oshirdi va zahiraga olindi.

"Bugun ertalab o‘tkazilgan tekshiruvlar asosiy tarkib futbolchisi Pedrining kecha Praganing "Slaviya" klubiga qarshi o‘yinda o‘ng oyog‘ining tizza osti payidan jarohat olganini tasdiqladi. Tiklanish bir oy davom etishi kutilmoqda", - deyiladi klub xabarida.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 23 yoshli Pedri 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida beshta o‘yin va ikkita golli uzatma bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!