"Barselona" portugaliyalik himoyachini jamoaga olib kelmoqchi

  • 08.10.2024 16:27
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning "Barselona" jamoasi "Lill" himoyachisi Tyagu Santushga qiziqish bildirmoqda. 

"Tribal Football" nashrining xabariga ko‘ra, 22 yoshli portugaliyalik fulbek "Blaugrana" jamoasining kuzatuvida. Futbolchining transfer narxi 15 million evro deb baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" Santushdan tashqari jamoaning hujumkor futbolchisi Devidni ham o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!