"Barselona" posboni jarohat oldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen mashgʻulotlarda jarohat olgani maʼlum boʻldi.
Taniqli insayder Fabrizio Romanoning maʼlum qilishicha, germaniyalik darvozabon jamoaviy mashgʻulotlar vaqtida yana jarohat oldi. Uning qancha muddatga safdan chiqqani aniq emas. Qayd etilishicha, bu holat uning yanvar oyida ijara ga ketishiga taʼsir qilishi mumkin. Avvalroq, Kataloniyaning "Jirona" klubi ter Shteganni ijara ga olishi haqida mish-mishlar paydo boʻlgan edi. Germaniya terma jamoasi aʼzosi “kўk-anorranglilar” safida 2014 yildan buyon top tepadi.
Maʼlumot uchun, 33 yoshli kiper joriy mavsumda atiga bitta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar