«Barselona» prezidenti : «Menga aytishdi — hech qanday imkoniyat yo‘q»
Kataloniyaning mashhur «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta Argentina terma jamoasi va «Inter» hujumchisi Lautaro Martines bo‘yicha amalga oshmay qolgan transfer haqida gapirib o‘tdi.
«Avgust oyida Lautaro Martinesni qo‘lga kiritish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. U juda kuchli hujumchi, biz uni «Barselona» tarkibida ko‘rishni istagandik. O‘zim «Inter» prezidentine qo‘ng‘iroq qildim, lekin u darhol javob berdi: imkoniyat yo‘q. Klub pozitsiyasini hurmat qilaman», – deya Laporta so‘zlarini Corrierre keltiradi.
Tahminlarga ko‘ra, Martinesning transfer qiymati 85 million yevro atrofida baholanmoqda. 29 yoshli argentinalik futbolchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar