“Barselona” prezidentligi saylovida yutqazgan Font qattiq gaplarni aytdi

  • 16.03.2026 05:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

- Biz xafamiz. Biz klubni o‘zgartirishni va uni muxlislarga yanada yaqinlashtirishni istagan edik. Bu afsuslanarli holat, ammo biz natijani qabul qilamiz, chunki shunday qilishimiz kerak.

Viktor Font “Barselona” prezidenti saylovida mag‘lub bo‘lganidan keyin bu haqida fikr bildirdi. Avvalroq,  Joan Laporta Kataloniya klubi prezidenti lavozimiga qayta saylangani xabar qilingan edi.

Qayta saylangan prezident Joan Laportani va uning barcha direktorlar kengashini tabriklaymiz.

Biz boshqacha “Barsa”ni yaratdik. Va biz bu ishni himoya qilishda davom etamiz, chunki bu oliyjanob ish, millat manfaati uchun qilingan ish.

Men ishlashda, kurashishda va “Barsa”ni hayotim klubiga, orzumdagi klubga aylantirish uchun intilishda davom etaman, - dedi Viktor Font.

Joan Laporta “Barselona”ni ikki marta, dastlab 2003–2010 yillarda, keyin yana 2021–2026 yillar davomida boshqargan. Qayd etilishicha,  saylov g‘olibi 1 iyuldan boshlab, o‘z lavozimiga rasmiy  kirishadi va Kataloniya klubini 2031 yilgacha boshqaradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!