"Barselona" qachon "Kamp Nou"ga qaytadi?

  • 7 oktabr, 2024, 20:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" qachon o‘zining uy stadioni - "Kamp Nou"ga qaytishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Kataloniya direktorlar kengashi a’zosi Elena Fort  ushbu rejalar haqida gapirdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" ayni damda o‘z uy uchrashuvlarini “Monjuik” stadionida o‘tkazmoqda.

"Biz 2024 yil oxirigacha "Kamp Nou"ga qaytish uchun harakat qilyapmiz. Biroq, bizning rejalarimizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan omillar bor", - dedi Fort Barca Universal nashriga bergan intervyusida.

“Basrelona” to‘qqiz turdan keyin 24 ochko jamg‘argan holda Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi turda “ko‘k-anorranglilar”ni o‘z maydonida “Sevilya”ga qarshi bahs kutmoqda. Ushbu o‘yin 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!