
"Barselona" qishda 3 nafar futbolchisini sotmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi qishki transferlar davrida 3 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” davralar oralig‘ida himoyachi Samyuel Umtiti hamda yarim himoyachilar Ivan Rakitich hamda Arturo Vidallarni sotib yuborishmoqchi. Klub rahbariyatining fikricha hozirgi tarkibda futbolchilar juda ko‘p va ularga katta miqdorda maoshlar to‘lanmoqda.
Ma’lumot uchun, Umtitining tansferi 45 million, Rakitichniki 35 million, Vidalniki esa 15 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar