"Barselona" qishda PSJ futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

  • 18 oktabr, 2023, 21:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yarim himoyachi Karlos Soler jamoadagi kam o‘yin amaliyotidan norozi. Shu sabab 26 yoshli futbolchi qishki transferlar oynasida klub ro‘yxatini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.

"TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, Soler Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin. "Atletiko", "Real Sosedad" va hatto "Barselona" ham bu futbolchi uchun muzokara olib borishga tayyor. Karlosning yanvardagi transferi 20 million evro atrofida bo‘lishi mumkin. Futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Karlos Soler avval o‘zi talaba bo‘lgan "Valensiya"da o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!