"Barselona" rahbarlari "Monako" yulduzi uchun kurashni boshladi
Ispaniya chempionatining grand klubi - "Barselona" dunyoning eng iste’dodli va kuchli futbolchilarini o‘z tarkibida ko‘rishni istaydi. Kataloniyaliklar yozgi transfer mavsumida ham bu an’analaridan voz kechmaydi.
Ayni paytda "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu "Monako" tarkibida porlay boshlagan iste’dodli yarim himoyachi Toma Lemarni olish harakatiga tushdi.
"Chelsi", "Liverpul", "Atletiko" va "Bavariya" nishonida turgan yarim himoyachi uchun "Barselona" rahbariyati "Monako"ga 30 million evro berishga qaror qildi.
O‘z navbatida "Monako" ikki yil muqaddam bu futbolchi uchun "Kan"ga to‘rt million evro bergandi.

21 yoshli futbolchi joriy mavsumda 42 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi va 10 ta golli pas uzatdi.



Fikrlar