«Barselona» Reşfordni «Manchester Yunayted»dan olish uchun ayyorona reja tuzdi
- Karim Xudayqulov
- Izohlar: 0
- Futbol
«Barselona» «Manchester Yunayted»dan Markus Reşfordni to‘liq sotib olishga ko‘ndirish uchun o‘ziga xos «ayyor reja» ishlab chiqqan. Bu haqida TEAMtalk nashri Daily Mail manbasiga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yozgi transfer oynasi davomida Reşford bo‘yicha muzokaralarni atayin cho‘zmoqchi. Klub shu yo‘l bilan «Manchester Yunayted»ni narxni pasaytirishga majbur qilishni ko‘zlamoqda. «Blaugrana» 28 yoshli vingerni sotib olish masalasiga transfer oynasi yakunlanishi arafasida, La Liga ularga moliyaviy cheklovlar to‘liq bekor qilingani haqida rasmiy ma’lum qilganidan so‘ng yana qaytishni rejalashtirgan.
Shu bilan birga, kataloniyaliklar «Manchester Yunayted»ga taxminan 15 million yevro atrofida taklif berishni mo‘ljallamoqda. Angliya klubi esa hozircha futbolchi uchun 30 million yevro talab qilmoqda.