“Barselona” “Real Madrid”ning Alvares bo‘yicha taklifidan g‘azabda
“Barselona” Madridning “Real” klubi hujumchi Xulian Alvares bo‘yicha bergan taklifiga munosabat bildirdi.
“Diario Sport” xabar berishicha, kataloniyaliklar “Real”ning bu harakatini klub prezidenti Florentino Peres tomonidan “Barselona”ga bosim o‘tkazish va vaziyatni chalg‘itish urinish sifatida baholamoqda.
Madrid klubi argentinalik hujumchi uchun 150 million yevro taklif qilgan, biroq “Atletiko” bu taklifni rad etgan. Klub futbolchining shartnomasida 500 million yevro miqdorida tovon puli borligini eslatgan.
Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" Alvaresga qiziqish bildirgan.
Kataloniya klubi fikricha, madridliklar bu transfer jarayonini murakkablashtirish va raqiblarni chalg‘itishga harakat qilmoqda. “Barselona” avvalroq futbolchi uchun 100 million yevro taklif bergani ham ma’lum qilingan.

Fikrlar