"Barselona" Reşford bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma'lum

  • 14.01.2026 18:58
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" MYUdan Reşfordni toʻlaqonli sotib olmoqchi. Bu haqida insayder Nikola Skiraning maʼlum qildi.

Manba bergan maʼlumotga koʻra, Kataloniya klubi Markusni ijara shartnomasida belgilangan 30 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda. "Barselona" vinger bilan 2030 yilning yozigacha moʻljallangan shartnoma imzolashni reja qilayotgani haqida maʼlum qildi. 

Maʼlumot uchun, “Barselona” futbolchini yozda MYUdan ijarga olgan edi. 28 yoshli vinger joriy mavsum Flik qoʻl ostida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!