"Barselona" Reşfordni to'liq transfer qilish ustida ish olib bormoqda

  • 14.01.2026 01:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" "Manchester Yunayted" forvardi Markus Reşfordni doimiy asosda tarkibida qoldirish ustida ish olib bormoqda.

Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida "Barselona" va MYu vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda hozirda kataloniyaliklar safida ijaraga asosda o‘ynayotgan hujumchining to‘liq transferi variantlari muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, "Barselona" Reşford uchun 30 million yevrolik sotib olish optsiyasini faollashtirishni istamayapti. Kataloniya klubi MYuga kamroq summa taklif qilgan, shuningdek, ma’lum shartlar bajarilganda majburiy sotib olishni nazarda tutuvchi yana bir mavsumlik ijara variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" Reşfordni jamoada saqlab qolishni istaydi, futbolchining o‘zi ham doimiy transferga qiziqish bildirgan. Tomonlar mavsum oxiriga yaqin muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Markus Reşford La Ligada "Barselona" safida o‘tkazgan 18 ta uchrashuvda 2 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!