“Barselona”: Sen bo‘lmasang boshqasi!
“Barselona” portugaliyalik himoyachini Nelson Semedu bilan yangi shatnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Kataloniyaliklar futbolchini ko‘ndirishga ortiqcha vaqt va kuch sarflamasdan, o‘rniga boshqa ijrochini taklif qiladigan bo‘ldi.
Ularning nazari Italiya chempionatida Ronaldu bilan birga o‘ynayotgan Mattia De Shiloga tushdi. “Yuventus”ning 27 yoshli himoyachisi bu yil A seriyada sakkiz marta maydonga tushdi va Chempionlar ligasida ikki uchrashuv o‘tkazdi.
De Shilo “Yuventus”ga uch yil muqaddam “Milan”dan ko‘chib o‘tgan edi. “Barselona” italiyalik himoyachini 10 million evroga transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar