"Barselona" skautlari A Seriya to‘purarini kuzatishmoqda

  • 03.10.2018 17:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Jenoa" forvardi Kshishtof Pyontekni sinchkovlik bilan kuzatishni boshladi.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” skautlari 23 yoshli polshalik futbolchining joriy mavsum A Seriyada ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan hayratga tushishmoqda. Qayd etish lozimki, Pyontek chempionatning ortda qolgan 7ta turida raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishdi va u ayni damda musobaqa to‘purari bo‘lib turibdi.

Ammo, “Barselona” vakillari Pyontekni hali katta jamoalarda o‘ynashga tayyor emas deb hisoblashmoqda. Lekin shunga qaramay uni kuzatishda davom etishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!