"Barselona" skautlari Marokash va Braziliya o‘yiniga tashrif buyuradi

  • 25.03.2023 16:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi Marokash va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga o‘z skautlarini yuboradi.

Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachi Sofyan Amrabatning o‘yinini tahlil qiladi. Ambarat jahon chempionatidp Marokashning  yarim finalga chiqishiga yordam bergani Kataloniya jamoasini hayratda qoldirgan.

"Barselona" skautlari Amrabatdan tashqari, kelasi yoz uchun jamoaning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan Braziliyaning yosh hujumchisi Vitor Rokeni ham kuzatib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Amrabat "Fiorentina"da, Roke esa uyda "Atletiko Paranaense"da o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!