"Barselona" sobiq murabbiyini ortga qaytarishi mumkin
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique "Barselona"ni boshqarishi mumkin. Bu haqida "El Nacional" nashri ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis 2027 yilning yozida Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligi haqida aytilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, Luis allaqachon "Barselona" rahbariyati bilan ehtimoliy hamkorlik masalalarini muhokama qilib bo‘lgan. Enrique PSJdan Bredli Barkolani o‘zi bilan birga olib kela olishishiga ispan grandini ishontirgan.
Ma'lumot uchun, avvalroq "PSJ" Enrikeni uzoq muddatga bosh murabbiy sifatida saqlab qolmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar