"Barselona" sotib ololmagan futbolchini "Yuventus" ilib ketishi mumkin

  • 25.01.2026 18:48
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Bornmut" himoyachisi Markos Senesi Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, "Bornmut" markaziy himoyachisi Markos Senesining xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbada yozilishicha, "zebralar" va futbolchining vakillari o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy tarzda davom etmoqda. "Keksa sinyora" argentinalik futbolchiga 4 yillik shartnoma va 3 million evrolik maosh taklif qilgan. Futbolchining "giloslar" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi. U erkin agent sifatida ham jamoasini almashtirishi mumkin. Markosga avvalroq Kataloniyaning "Barselona" klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan edi. 

Ma’lumot uchun, 28 yoshli himoyachi joriy mavsumda umumiy 24ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!