"Barselona" sport direktori hujumchi sotib olinmasligiga ishora qildi

  • 08.10.2025 12:40
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" sport direktori Deku yaqin kelajakda yangi hujumchi xarid qilish ehtimoli haqida berilgan savolga javob berdi.

"Menimcha, zamonaviy futbolda hujumchiga haddan tashqari e’tibor qaratmaslik kerak. Agar shunga bor diqqatni qarataversangiz, noto‘g‘ri qaror qabul qilib qo‘yishingiz mumkin. Futbol o‘zgargan — endi hatto hujumchisiz ham o‘ynash mumkin.

Agar menga hozir bozorda Robert Levandovski kabi hujumchi bor desangiz, albatta, biz bunga qiziqardik. Chunki Robert o‘z davrining eng yaxshilaridan biri bo‘lgan va butun bir davrni belgilab bergan. Ammo hozircha transferlar haqida gapirish vaqti emas, deb hisoblayman. Tarkibimizda Robert va Ferran bor, shuningdek boshqa futbolchilar ham mavjud. Demak, faqat bitta pozitsiyaga qaram bo‘lishning hojati yo‘q.

Masalan, PSJni olaylik: ular Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lishdi, lekin an’anaviy markaziy hujumchisiz o‘ynashdi. Parijliklar tarkibida tezkor, pozitsiyasini tez-tez o‘zgartira oladigan futbolchilar bor. Bugungi futbolda faqat forvardlarga tayanish xatodir", — dedi Deku "Barselona" klubi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar hozirda La Liga turnir jadvalida 19 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!