"Barselona" tarkibida 2007 yilda tug‘ilgan futbolchi debyut qildi

  • 30 aprel, 2023, 02:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barseloan" La Liganing 33-turidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi o‘yinda Lamin Yamal debyutini amalga oshirdi. U 83-daqiqada Gavining o‘rniga maydonga tushib, maydonda 10 daqiqa harakat qildi.

Tecno

Yamal 2007 yilda tug‘ilgan bo‘lib, "La Masiya" akademiyasida tahsil olgan. Bir hafta oldin Xavi uni asosiy jamoaga jalb qilgandi. 

Shu bilan birgalikda, 15 yoshli Yamal klub tarixidagi eng yosh debyut qilgan o‘yinchiga aylandi. Undan oldingi rekord Fatiga tegishli edi. Vinger 2019 yil 25 avgustda birinchi marta "Barsa" libosida maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!