
"Barselona" to‘xtamayapti! Ular sudga murojaat qilmoqchi
"Barselona" Lamin Yamalning zarbasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan sudga murojaat qiladi.
"Real" La Liganing 32-turida "Barselona"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinning 28-daqiqasida "Barselona" vingeri Lamin Yamal burchak to‘pidan so‘ng to‘pni raqib darvozasiga qarab yo‘naltirdi. To‘p hech bo‘lmaganda darvoza chizig‘ini qisman kesib o‘tgan, ammo darvozabon Andrey Lunin darvoza ichidan turib to‘pni maydonga qaytardi. Bosh hakam Sezar Soto Grado gol yo‘q ekanligini ta’kidalid va bir qancha vaqt VAR bilan maslahatlashdi. Yakunda hakam o‘z qarorini tasdiqladi.
Bellashuvdan so‘ng "Barselona" prezidenti Joan Laporta federatsiyadan ushbu epizodga oid video va audioyozuvlarni talab qildi. Shuningdek, klub prezidenti uchrashuv qayta o‘tkazilishi so‘ramoqda. Texnik qo‘mita "ko‘k-anorranglilar"ga hech qanday material bermoqchi emas.
"RAC-1" nashrining xabar berishicha, "Barselona" ushbu holat yuzasidan sudga murojaat qilmoqchi. Adliya tizimi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) o‘zidagi materiallarni klubga topshirishga majburmi yoki yo‘qligini aniqlashi kerak.
Fikrlar