«Barselona» transfer oynasi yopilgandan keyin Alvares bo‘yicha qaror qabul qildi
«Atletiko» hujumchisi Xulian Al’vares hali ham «Barselona»ning transfer roʻyxatida turibdi. Kataloniya klubi qishki oyna ochilishi bilan argentinalik futbolchi boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga qaror qilgan.
Maʼlumki, yozgi transfer oynasi yakunlandi, ammo «Barselona» Al’vares masalasida «matraschilar» bilan kelishuvga erisha olmadi. Shunga qaramay, klub rahbariyati bu variantdan voz kechmayapti.
Cadena SER nashrining qayd etishicha, «Barselona»da dunyo darajasidagi boshqa hujumchini sotib olish uchun ham moliyaviy imkoniyat bor. Biroq klub rahbarlari barcha eʼtiborini aynan Al’varesga qaratgan. Manbalarga koʻra, endi uni olish masalasi kataloniyaliklar uchun tamoman printsipial ahamiyat kasb etmoqda.

Fikrlar