"Barselona" Uilyams bilan kelishib oldi

  • 17.06.2025 17:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" va Niko Uilyams shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Niko bilan dastlabki kelishuvga erishgan.

Shartnoma 2031 yilning iyunigacha mo‘ljallangan bo‘lib, vingerning soliqlar to‘lovlarisiz maoshi yiliga 12 million evroni tashkil etadi.

Avvalroq, "Atletik" klubi futbolchining to‘liq tovon pulini bir yo‘la, ya’ni 62 million evroni to‘lashni talab qilishi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!