"Barselona" Urugvaydan himoyachi sotib olishga yaqin
"Barselona" va Urugvayning "Defensor Sporting" klubi 19 yoshli chap qanot himoyachisi Patrisio Pasifikoni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ushbu bitim yaqin soatlarda yakunlanadi. Bu haqida Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, agar futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida kamida 10 ta o‘yin o‘tkazsa, ular taxminan 2 mln yevroga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu mablag‘ evaziga Kataloniya klubi kelajakda ko‘tarilish imkoniyati bilan Pasifikoning 50 foiz huquqini sotib olishi mumkin bo‘ladi. Urugvaylik futbolchi 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Pasifiko 2024 yilning fevralidan beri "Defensor Sporting"ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda. Bu vaqt ichida himoyachi barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan. transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 650 ming yevroni tashkil etadi.
Fikrlar