"Barselona" uy o'yinlarida ochko yo'qotmagan yagona jamoa bo'lib turibdi

  • 08.02.2026 22:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Yevropaning sakkizta yetakchi chempionati orasida faqat bitta jamoa o‘z maydonida birorta ham ochko yo‘qotmadi.

Bu natijaga &quotBarselona&quot erishdi. Bu haqida ispan nashri ma’lum qildi. Kataloniyaliklar Ispaniya chempionati doirasida o‘z maydonida o‘tkazgan 11 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan.

Ispaniya, Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Niderlandiya va Belgiya oliy divizionlarida ishtirok etayotgan qolgan barcha jamoalar esa kamida bir marta durang o‘ynagan yoki mag‘lub bo‘lgan.

Kataloniyaliklar navbatdagi uy uchrashuvini 22 fevral kuni o‘tkazadi. Unda &quotLevante&quot jamoasi mehmon bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!