"Barselona" va "Real" "Bavariya" vingeri uchun kurashmoqda

  • 05.10.2023 12:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" va "Real" klublari "Bavariya" vingeri Leroy Sane uchun kurash olib bormoqda, deya xabar berdi "BILD" nashri. 

Ma’lum bo‘lishicha, ispan grandlari germaniyalik futbolchini kelasi yozda o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakat qiladi. Uning shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Ammo hozircha yangi bitim imzolash borasida muzokaralar ketmayapti. 

Sane Bundesligadan oldin faqatgina Premer-ligada to‘p surgan. Shunday ekan vinger uchun La Liga varianti qiziqroq bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!