
“Barselona” va “Siti” orzusidagi yulduzdan quruq qoldi
“Bavariya”ning etakchi o‘yinchilaridan Yozua Kimmix o‘tgan mavsum zaxirada o‘tirib qolgani tufayli klub rahbariyati yozda uni sotib yubormoqchi bo‘ldi.
29 yoshli yarim himoyachi bir yildan keyin erkin agentga aylanishini inobatga olgan “Barselona” va “Manchester Siti” kelasi yoz uni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi.
“Bavariya”ga belgiyalik mutaxassis Vensan Kompanining bosh murabbiy etib tayinlanishi Yozua Kimmixga foyda bo‘ldi. Nemis futbolchi yangi mavsumdan yana asosiy tarkibga qaytdi.
2014 yildan beri myunxenliklar safida to‘p tepayotgan o‘yinchi bosh murabbiyning o‘ziga bo‘lgan ishonchini his qilyapti va buning ortidan klub bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi.
Kimmixning Myunxen superklubida qolish istagi Kataloniya va Manchester grandlarining rejasini puchga chiqardi.
Fikrlar