
"Barselona" Valverdening jamoadagi kelajagi borasida rasmiy bayonot berdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdening iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni mutlaqo inkor etdi.
“Biz Valverdega to‘liq ishonamiz. Mavsum hali juda uzoq va biz o‘z maqsadimizga albatta erishamiz”, - deyiladi klub rasmiy bayononita.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” La Liganing so‘nggi 3ta turida bor yo‘g‘i 2 ochko ishladi va shundan so‘ng aynan Valverdening iste’fosi borasida mish-mishlar tarqaldi.
Fikrlar