"Barselona" Verattini sotib olishga yana bir bor urinib ko‘rmoqchi

  • 8 mart, 2018, 20:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattiga yana qiziqish bildira boshladi.

Tecno

Ispan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 25 yoshli italiyalik futbolchini yana kuzata boshlashgan. Agar parijliklar Verratti bilan hayrlashishga qaror qilishsa, “Barselona” uni sotib olishga tayyor. Biroq, kataloniyaliklar bu safar uning transferi uchun yozda taklif qilgan 100 mln evroni bermoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Verratti joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 19ta uchrashuvda ishtirok etgan va 1ta golga assistentlik qilishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!