“Barselona” xo‘jayinlari “dahshatli” taklif kutmoqda

  • 12 dekabr, 2023, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati yanvar oyidagi transfer bozorida birorta futbolchisini qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi.

Tecno

Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.

Klub sport direktori Deku va bosh murabbiy Xavi zaxira o‘yinchilarining soni ko‘p emasligi va biror o‘yinchining ketishi  mavsum davomida muammoga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Shunga qaramay, klub xo‘jayinlarining fikri boshqacha. Ular agar biror futbolchiga yanvar oyida “dahshatli” takliflar tushsa, transfer masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Mutaxassislar “Barsa” xo‘jayinlari Saudiya Arabistonidan taklif bo‘lishini kutmoqda. Chunki arablar Robert Levandovskiga ko‘z tikyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!