
"Barselona" yana bir super transferni amalga oshirmoqchi
"Barselona" klubi shu yoz "Milan" bilan shartnomasi nihoyasiga etadigan darvozabon Janluiji Donnarummaga qiziqishni kamaytirmayapti.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati 22 yoshli italiyalik darvozabonga rasmiy taklif bilan chiqqan. Kataloniyaliklar Donnarummaga besh yillik mehnat shartnomasi va yiliga 10 mln evro maosh taklif qilmoqda.
Shuningdek, Janluidjining xizmatlariga Turinning "Yuventus" va Frantsiyaning "PSJ" klublaridan ham jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
Donnarumma “Milan” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U yakunlangan mavsum Italiya chempionatida 37ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 38ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar