“Barselona” yangi murabbiyni qachon tanishtirishi aniq bo‘ldi

  • 23.05.2024 10:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Barselona”ni qabul qilib olishi kutilmoqda.

Ispaniyalik jurnalist Xaver Vallsning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar yangi bosh murabbiyni 30 may kuni ommaga tanishtirishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” sport direktori Deku va germaniyalik mutaxassisning telefon orqali uyushtirgan muzokarasi muvaffaqiyatli yakunlangan.

Flik kataloniyaliklarning moliyaviy muammolariga qaramay, jamoani boshqarishga rozilik bergan.

Hozirgi bosh murabbiy Xavi Ernandes ham o‘rniga boshqa mutaxassis kelayotganidan xabar topdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!