"Barselona" "yangi Torres"ni sotib olmoqchi

  • 27.03.2021 18:24
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" mavsum yakunida jamoada katta tozalash ishlarini amalga oshirishi haqida xabarlar tarqalgandi. Endi ular o‘rniga munosib nomzodlarni olish lozim.

"Diario Sport" nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Valensiya" futbolchisi Fabio Blankoni jamoaga olib kelmoqchi. Kataloniyaliklar 17 yoshli vingerni sotib olish jarayonini tezlashtirish niyatida. Tez orada "Barselona"ning transfer ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari muzokaraga kirishadi.

Ispaniyalik yosh iste’dod sohibi Ispaniyaning U-16 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Uning maydondagi harakatlari "ko‘rshapalaklar"ning sobiq futbolchisi Ferran Torresga o‘xshagani bois, "yangi Torres" laqabini olgan.

"Ko‘k-anorranglilar" Blanko bilan mavsum so‘ngida shartnoma imzolashi kutilmoqda. U Dembele va Fatiga munosib raqobatchi bo‘lishi rejalashtirilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!